Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Gandbol: Jamoalarimiz Pokistonda o‘tayotgan turnir peshqadami

Gandbol: Jamoalarimiz Pokistonda o‘tayotgan turnir peshqadami

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 24 aprel kuni Pokistonning Faysalobod shahrida gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 yosh toifasidagi qizlar jamoalari o‘rtasida Xalqaro gandbol federasiyasi (IHF) kubogining III Markaziy Osiyo bosqichi navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tadi.

Kecha o‘tkazilgan ikkinchi kungi musobaqalarda O‘zbekiston U-17 jamoasi qo‘shni Turkmaniston U-17 jamoasi bilan kuch sinashdi.

Shiddatli kechgan o‘yinda gandbolchilarimiz Turkmaniston jamoasini 39:20 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba terma jamoamizni U-17 birinchiligida yakka peshqadamga aylantirdi.

Hamyurtimiz Shalola Keldiyorova O‘zbekiston U-17 va Turkmaniston U-17 terma jamoalari uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.

O‘zbekiston U-19 va Pokiston U-19 qarama-qarshiligida vakillarimiz mezbonlardan ustun ekanini namoyish etdi.

Hamyurtlarimiz musobaqa mezbonlari darvozasiga 55 marta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Pokistonliklar 14 ta to‘p bilan javob qaytara oldi, xolos.

Bugun xalqaro turnirning uchinchi kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi uchun dam olish kuni sifatida belgilangan bo‘lsa, ushbu yosh toifasida Turkmaniston-Qirg‘iziston, Pokiston-Tojikiston jamoalari ro‘baro‘ keladi.

O‘zbekiston U-19 jamoasi bugun turkmanistonlik tengdoshlariga qarshi bahs yuritadi.

Musobaqalar 26 aprelga qadar davom etadi.

Manba: uza.uz
Kiritildi: 16:16, 24.04.2025.
O'qildi: 452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.