Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler "Xetafe" ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng Ispaniya kubogi finalidagi "Barselona"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Qirol kubogi finali? Bu katta o‘yin. "Barselona" ustidan g‘alaba qozonishimizga ishonamiz", - dedi turkiyalik futbolchi.
26 aprel kuni Ispaniya kubogi finalidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.













