Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Mateus Kunyaning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi deyarli hal bo‘ldi

Mateus Kunyaning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi deyarli hal bo‘ldi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi braziliyalik hujumchi Mateus Kunyaning yozgi transfer oynasida «Vulverxempton»dan o‘tishi borasida kelishib oldi. Goal Brazil xabariga ko‘ra, kelishuv allaqachon yakunlangan va futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari ham kelishilgan.

Manbaning xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» braziliyalik futbolchi uchun 73 million yevrodan ko‘proq tovon puli to‘lamoqchi. Transferning barcha tafsilotlari Angliyada transfer oynasi ochilmasdan oldin rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Mateus Kunya 2023 yilning yozida Madridning «Atletiko» klubidan «Vulverxempton»ga 50 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 31 o‘yinda 16 ta gol va 4 ta golli uzatmaga ega.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:03, 24.04.2025.
O'qildi: 2896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик