Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

A Seriyaning eng yaxshi driblyori kim ekanligi ma’lum bo‘ldi

A Seriyaning eng yaxshi driblyori kim ekanligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Rafael Leau va Kenan Yildiz A Seriyaning joriy mavsumida muvaffaqiyatli driblinglar soni bo‘yicha kuchli uchlikdan joy olgan.

Reytingda "Real" tarbiyalanuvchisi, "Komo" sharafini himoya qilayotgan 20 yoshli Nikolas Pas yetakchilik qilmoqda - u 60 marta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirgan, deb yozadi WhoScored. "Milan" vakili Leau 55 ta dribling bilan ikkinchi, "Yuventus" vakili Kenan Yildiz esa 54 ta dribling bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan. Kuchli beshlikdan Gaetano Oristanio ("Venesiya," 52) va Dodo ("Fiorentina," 46) joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Nikolas Pas o‘tgan yilning yozida "Komo"ga ko‘chib o‘tgan edi. "Real" argentinalik futbolchini birinchi navbatda sotib olish huquqiga ega.

Kiritildi: 08:58, 25.04.2025.
O'qildi: 602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик