Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbek velosport "malikalari" dunyo nigohidagi turnirlarda munosib qatnashmoqda

O‘zbek velosport "malikalari" dunyo nigohidagi turnirlarda munosib qatnashmoqda

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda dunyoning bir qator mamlakatlarida sportning velosport turi bo‘yicha nufuzli musobaqalar bo‘lib o‘tyapti.

Ahamiyatli jihati - bizning velosportchilarimiz ham ( ayol - qizlarimiz) o‘sha turnirlarda ishtirok etayotganligidir.

O‘zbekiston velosport olamida tarih yaratmoqlikka kirishayotgan Yanina Kuskova ham Belgiya shahrida qaynoq haroratda o‘tkazilayotgan "LA FLÉCHE WALLONNE FÉMININE" musobaqasida Ispaniyaning "Laboral kutxa team" jamoasi nomidan ishtirok etgan holda (Legioner) O‘zbekistonga ham muhim ochkolarni ulashishda davom etmoqda.

Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazilayotgan nufuzli "Tour of The Gila 2025" turnirida yana bir legioner vakilamiz - Nafosat Koziyeva "PATO BIKE BMC TEAM" jamoasi nomidan qatnashib, musobaqa sarhisoblariga ko‘ra, turnir jadvalida kuchli 20 talikka kira oldi. (41 : 41, 91).

Ushbu sportchimiz ham o‘z natijasi bilan yurtimizga muhim bo‘lgan ochkolarni tuhfa etib, kuchlilar orasidan 12 - o‘rinni band qila oldi.

Ma’lumot sifatida qayd etish kerakki, ushbu turnir ko‘p kunlik xalqaro poyga hisoblanadi va bu - Amerikadagi eng mashhur poygalardan biri bo‘lib, 40 yildan ortiq vaqtdan buyon ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Bu turnirda jahon chempionlari, olimpiada o‘yinlarining chempionlari g‘olib chiqishgan. Kechadan birinchi bosqichga 26,5 km masofaga start berildi.

Ajablanarli tomonlardan biri - bosqichlar tog‘ cho‘qqilarida, 1850 metr, 2500 metr balandlikda bo‘lib o‘tadi. Bu turnirning bosqichlari eng qiyin sharoitda bo‘lishi ko‘pchilikka ayon. Ammo shunga qaramasdan O‘zbekiston sportchilarining ushbu musobaqadagi ko‘rsatkichlari yildan - yilga yaxshilanib borilmoqda.

Kiritildi: 10:28, 25.04.2025.
O'qildi: 552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.