Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Opta nashri APLning qaysi klublari YECHL yo‘llanmasiga ega chiqishini taxmin qildi

Opta nashri APLning qaysi klublari YECHL yo‘llanmasiga ega chiqishini taxmin qildi

Baho:
+ | -

Statistik tahlillar bilan shug‘ullanadigan Opta portali Angliya Premyer-ligasi yakunlariga oid navbatdagi taxminlarini e’lon qildi. Unda hozirgi mavsum yakunida kuchli beshlikka kirib, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan jamoalar ko‘rsatib o‘tilgan.

Londonning “Arsenal” hamda “Liverpul” klublari allaqachon raqobatchilaridan ancha oldinda ketayotgani bois, bu safar kuchli yettilikkacha bo‘lgan besh klub taxminlar markazida bo‘ldi.

Eng katta imkoniyat hozirda 6 o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayotgan “Manchester Siti”ga berilgan — 95,1%. Nashrning taxminicha, “shaharliklar” mavsumni 3-o‘rinda yakunlaydi. To‘rtinchi o‘rinda “Nottingem Forest” (80,1%), undan keyin “Nyukasl” (77,6%) qayd etilgan.

“Chelsi” va “Aston Villa” esa ro‘yxatning quyi qismida. “Ko‘klar”ga 29,7%, Unai Emeri shogirdlariga esa atigi 17,3% imkon berilgan.

Ayni payt APL turnir jadvalidagi top-7 o‘rinlardagi holat quyidagicha:

“Liverpul” — 79 ochko (33 o‘yin)
“Arsenal” — 67 ochko (34 o‘yin)
“Manchester Siti” — 61 ochko (34 o‘yin),
“Nottingem Forest” — 60 ochko (33 o‘yin),
“Nyukasl” — 59 ochko (33 o‘yin),
“Chelsi” — 57 ochko (33 o‘yin),
“Aston Villa” — 57 ochko (34 o‘yin)

Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsum Angliya Premyer-ligasidan 5 ta jamoa Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:09, 25.04.2025.
O'qildi: 1905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик