"Chelsi"ning sobiq hujumchisi Didye Drogba sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi Lionel Messiga faoliyatini yakunlashni maslahat berdi.
"Men Lionel Messiga hozir barchasini to‘xtatishni maslahat bergan bo‘lardim, u allaqachon futbol uchun ko‘p ish qilgan.
Oxirgi jahon chempionatidagi g‘alaba uni yanada afsonaviy qildi. U ajoyib futbolchi!", - deya Drogbaning so‘zlarini keltiradi Give me Sport.













