Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

"Chelsi" Gittensga qancha maosh to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi

"Chelsi" Gittensga qancha maosh to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

"Chelsi" Jeymi Gittensga "Borussiya"dan ikki barobar ko‘p maosh to‘lashga tayyor.

Londonliklar 20 yoshli vingerni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor va uning vakillari bilan "parda ortida" muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda Sky Sport jurnalistlari Florian Plettenberg va Patrik Berger.

"Chelsi" Gittensga yiliga 6-7 million yevro to‘lashga tayyor, "Borussiya"da esa u 3 mln yevro maosh oladi. "Ko‘klar" ingliz o‘z vatanida o‘ynashi kerak deb hisoblamoqda.

Dortmundliklar 50-60 mln yevro evaziga futbolchining transferini muhokama qilishga tayyor.

Jeymi joriy mavsum Bundesligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:01, 26.04.2025.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик