Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Roman Papariga: «Abduqodir Husanov maydondagi harakatlari bilan hayratga solgan edi»

Roman Papariga: «Abduqodir Husanov maydondagi harakatlari bilan hayratga solgan edi»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning "Qizilqum" klubi 25 yoshli hujumchisi Roman Papariga Sports.ua nashriga bergan intervyusida Angliyaning "Manchester Siti" klubi va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

— Husanov haqida nimalarni eslay olasiz?  
— Hayotda juda odobli, maydonda esa haqiqiy professional. Men uni yuqori darajadagi futbolchi, deb hisoblayman. Men "Energetik-BGU"ga kelgan paytimda Husanov allaqachon u yerda edi. Maydondagi harakatlari bilan meni hayratga solgan edi. U o‘sha vaqtdayoq katta maqsadlarga ega edi. Mashg‘ulotlarda doimo 100% kuch bilan harakat qilardi.

— Maksim Shaskixning o‘yinlarini ko‘rganmisiz?  
— Uning "Dinamo"dagi buyuk faoliyati haqida faqat raqamlar orqali bilaman. Chunki o‘sha paytlar men hali yosh edim. Ammo u Kiyevning "Arsenal" klubida o‘ynaganida, maydon tashqarisida unga to‘p uzatganimni eslayman.

Papariga Ukrainadagi faoliyatini ham eslab o‘tdi:  

"Futbolga men Schastlivoye qishlog‘idagi bolalar-o‘smirlar sport maktabi orqali kelganman. Keyin 5 yil davomida "Munkach" klubining yoshlar jamoasida o‘ynadim. 2017 yili Vengriyaning "Kishvarda" klubiga o‘tganman".  

Keyinchalik Ukrainaga qaytib, Raxovning "Karpati" jamoasida o‘ynagan. 2019 yilning yozida Slovakiyaning "Rimavska-Sobota" klubida to‘p surgan va 2020 yil mart oyigacha u yerda o‘ynagan. Keyin koronavirus pandemiyasi boshlangan.

Pandemiya tufayli u Slovakiyaga qayta olmagan. "O‘sha paytda faoliyatimni tugatish haqida o‘ylab ham qolgandim. Ammo bir kuni jiyanimni "Munkach" futbol maktabiga olib borganimda, klub direktori bilan uchrashib qoldim. U klub oldiga katta maqsadlar qo‘yilganini aytdi. Shunda menda yangi kuch paydo bo‘ldi va sobiq jamoamga qaytib, faoliyatimni davom ettirishga qaror qildim", — dedi Papariga.

Abduqodir Husanov va Maksim Shaskixga kelsak, hozir Abduqodir Angliyaning "Manchester Siti" klubida to‘p surmoqda, Maksim Aleksandrovich esa — Ukraina Premyer-ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar — O‘zbekistonning "Paxtakor" klubida murabbiylik qilmoqda.

Manba: sport.ua
Kiritildi: 10:24, 28.04.2025.
O'qildi: 4043 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик