Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘zbekiston kubogi. «Navbahor» – «Oq-tepa» (prevyu)

O‘zbekiston kubogi. «Navbahor» – «Oq-tepa» (prevyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi, 2-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Oq-tepa” (Toshkent) mehmoni bo‘ladi.

“Oq-tepa” 2000 yili G‘anisher Shog‘ulomov tomonidan tashkil etilgan.

2000-2005 yillari jamoa Rustam Hamdamov murabbiyligida O‘zbekiston chempionati 2-ligasida ishtirok etib, 2005 yilda birinchi ligaga o‘tish turnirida g‘olib chiqib, Birinchi liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

2006-2008 yillarda Birinchi ligada qatnashgan “Oq-tepa” 2009 yilda ayrim sabablarga ko‘ra, ushbu ligada ishtirok etolmadi.

Jamoa 2010 yildan yana Birinchi ligaga qaytdi. Shundan so‘ng, muntazam ravishda mazkur ligada ishtirok etgan toshkentliklar 2019-2021 yillarda Pro-liga musobaqalarida ham ishtirok etishdi.

“Oq-tepa”da Furqat Esonboyev, Eldor Sakayev, Nizom Nortojiyev, Aleksandr Mochinov, Aleksandr Yejov, Vohid Xolboyev, Aleksandr Tokov va Ravshan Bozorov singari murabbiylar faoliyat yuritishgan.

Jamoada Eldor Magdeev, Sobir Usmonxo‘jayev, Asilbek Omonov hamda Nodir Teshaboyev kabi Superliga “havosi”dan bahra olgan futbolchilar o‘ynashgan.

Joriy mavsumda Birinchi liganing “Markaz” mintaqasida ishtirok etayotgan  “Oq-tepa”ni ayni paytda yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri Server Jeparov boshqarmoqda. Jamoa ayni paytgacha 3 ta o‘yin o‘tkazib (“Chig‘atoy”, 1:2, “Jizzax FA”, 5:0, “Sirdaryo FA”, 1:1), 1 tadan g‘alaba, durang hamda mag‘lubiyat qayd etgan holda, 4 ochko to‘plab, turnir jadvalining 4-pog‘onasini egallab turibdi.

“Navbahor” va “Oq-tepa” jamoalari O‘zbekiston kubogi bahslarida 2 marta bir-birlariga ro‘baro‘ kelishgan.

2020 yili 1/8 final doirasidagi bahsda “lochinlar” Toshkentdagi TTYMI stadionida toshkentliklarni Azimjon Ahmedov hamda Azizbek Turg‘unboyevning gollari evaziga 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 2021 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan guruh bosqichi doirasidan o‘rin olgan o‘yinda Ehsoni Panshanbe, Zabihillo O‘rinboyev va Abbosjon G‘ulomovning gollari evaziga yirik -3:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Oq-tepa”  uchrashuvi 30 aprel kuni Toshkent shahridagi “Oq-tepa” stadionida soat 17:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:26, 29.04.2025.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.