Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Yetakchi ligalarni birlashtirgan Jerom Perlemuter iyunda Toshkentga keladi

Yetakchi ligalarni birlashtirgan Jerom Perlemuter iyunda Toshkentga keladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Jahon ligalari assosiasiyasi (JLA) rahbariyati iyun oyida Toshkentga tashrif buyuradi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2023 yilda mazkur assosiasiyaning 45-a’zosiga aylangandi.

JLA Ligalarni rivojlantirish dasturini ishga tushirayotgan bo‘lib, tashrif shuning doirasida amalga oshiriladi. Tashkilot bosh kotibi Jerom Perlemuter O‘zPFL mazkur dasturning ilk ishtirokchisi bo‘lishi yuzasidan Liga bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev bilan kelishib oldi.

2016 yilda asos solingan JLA bugungi kunda dunyoning 47 ta ligasini o‘zida birlashtirib ulgurgan. Ular orasida Angliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya kabi kuchli beshlik a’zolari qatorida umumiy hisobda UYEFA'ning 21 ta, KONKAKAF'ning 7 ta, KONMEBOL'ning 1 ta, OFKning 5 ta Ligasi bor. Osiyo qit’asidan esa O‘zbekiston qatorida Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Hindiston, Malayziya, Tailand kabi mamlakatlar ligalari ham JLA a’zolari hisoblanadi. Bugungi kunda FIFA, FIFPro va boshqa bir qator tashkilotlar Ligalar bilan munosabatlarni tartibga solishda aynan JLA bilan hisoblashadi.

Joriy yildan JLA o‘z a’zolari bo‘lgan ligalar tuzilmasini tubdan o‘rganish, ularning turli jabhalarda qanday ish olib borayotganini ko‘zdan kechirish va rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida Ligalarni rivojlantirish dasturini amalga oshirishga kirishdi. O‘zPFL ushbu dasturning ilk ishtirokchisiga aylanayotganligini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. Biz bu orqali Liga faoliyatiga professional xalqaro tashkilotlarning baho berishi imkoniyati vujudga kelayotgani, o‘rganish xulosalari Liganing istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlariga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkinligini qayd etamiz.

Dastur doirasidagi o‘rganishlar may oyidan rasman start oladi. JLA Rivojlanish hamda tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Stanislav Shtipkov bir oy davomida turli yo‘nalishlar doirasida Liga bilan muloqot o‘rnatadi va ma’lumotlar to‘playdi. U iyun oyi avvalida Toshkentga kelib, bir necha kun davomida Liga faoliyatini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiradi. Keyinroq esa JLA asoschilaridan biri sifatida tarixga kirgan Jerom Perlemuter hamda Chexiya futbol ligasi rahbari Tomas Bartaning poytaxtimizga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Toshkentga tashrifi davomida Jerom Superliga klublari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi. Uning o‘zi va Chexiya futbol ligasi rahbari Tomas Barta klublar rahbarlari ishtirokida taqdimot o‘tkazadi. 7-14 iyun sanalari oralig‘ida delegasiyaning O‘FA rahbariyati, shuningdek, Sport vazirligi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:02, 30.04.2025.
O'qildi: 564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.