Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Mirko Yelichich: «Futbolchilarda maksimal xohish bo‘lishi kerak, ayrimlarda esa buni ko‘rmayapman»

Mirko Yelichich: «Futbolchilarda maksimal xohish bo‘lishi kerak, ayrimlarda esa buni ko‘rmayapman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan «Sho‘rtan» — «Olimpik» (3:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Mirko Yelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Dastlabki daqiqalarda o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazgan hodisa ro‘y berdi. Bunday holatlarda qanday qoida qo‘llanishini bilmayman, ochig‘i. Lekin uchrashuvga o‘sha vaqt nuqta qo‘yib bo‘lingandi. «Sho‘rtan»ni g‘alaba bilan tabriklayman.

— «Olimpik» oldiga natijadan ko‘ra yoshlarni tarbiyalash vazifasi qo‘yilgan. Jamoa hozirgi vaqtda ketma-ket mag‘lub bo‘lmoqda. Jamoa oldiga yosh futbolchilarni tarbiyalashdan boshqa maqsadlar ham qo‘yilganmi?

— Bizda asosiy vazifa yoshlarni tarbiyalash. O‘z oldiga jiddiy maqsad qo‘yadigan jamoa iqtidorli yoshlarni yig‘ishi kerak. Biz esa mavsum boshlanishiga bir oy qolganda jamoa yig‘ishni boshladik. Tarkibimizda bir nechta yoshi kattaroq futbolchilar ham bor. Ayrim bir yosh futbolchilarga imkoniyat berib ko‘rsa, ularni kashf etish mumkin. Biz bu yo‘lni tanlaganmiz.

Hozirgi «Olimpik» ikki yil avvalgi jamoadek emas. Masalan, biz "Olimpik Mobiuz" kabi eng yaxshi yoshlarni yig‘a olmaymiz. Bizning tarkibimizdagi yosh futbolchilar sobiq jamoalarida o‘ynab keta olmaganlardir. Biz «ikkinchi» darajadamiz desak bo‘ladi.

— Demak, jamoangizda mavsum davomida o‘zgarishlar bo‘lmaydi va tarkib o‘zgarmaydimi?

— O‘zgarishlar bo‘lishi aniq. Futbolchilarda maksimal xohish bo‘lishi kerak, ayrimlarda esa buni ko‘rmayapman. Jamoada qolishni istamayotganlarni majbur olib qolish niyatimiz yo‘q.

— Futbolda ko‘p narsa moddiy tomonga borib taqaladi. Klubning yomon natijalariga moliyaviy barqarorsizlik sababmi?

— Katta futbolda jiddiy natijalarga erishish uchun moliyaviy jihatdan muammolar bo‘lmasligi kerak. Biz bu haqda o‘ylamaslikka harakat qilyapmiz. Futbolchilarimiz kam oylik olishadi. Men ularga pul haqida emas, futbol haqida o‘ylash haqida aytyapman.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 10:52, 01.05.2025.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик