Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kundening tiklanishi uchun 3 hafta kerak bo‘ladi

Kundening tiklanishi uchun 3 hafta kerak bo‘ladi

Baho:
+ | -

"Barselona" Chempionlar ligasi doirasida "Inter"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan va tanaffusga biroz vaqt qolganda almashtirilgan himoyachi Jyul Kundeni yo‘qotdi.

Kataloniya klubi Kundening tekshiruv natijalarini ma’lum qildi, biroq futbolchining tiklanish davri haqida hech qanday ma’lumot bermadi.

AS nashriga ko‘ra, Kundening tiklanishi uchun uch hafta kerak bo‘ladi. Demak, fransuz bir qancha o‘yinlarni, jumladan, "Inter"ga qarshi yarim final javob o‘yinini (6 may) va La Ligadagi "El-Klasiko"ni (11 may) o‘tkazib yuboradi.

2024/2025 yilgi mavsumda Jyul Kunde 53 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va jamoadoshlariga 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:02, 01.05.2025.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик