Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alonso "Real" rahbariyatidan "Liverpul" futbolchisini sotib olishni so‘ramoqchi

Alonso "Real" rahbariyatidan "Liverpul" futbolchisini sotib olishni so‘ramoqchi

Baho:
+ | -

Hammasi Xabi Alonso "Real Madrid"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi tomon ketmoqda. Defensa Central nashri xabariga ko‘ra, Alonso "Liverpul" himoyachisi Ibrahim Konateni jiddiy kuzatib kelmoqda. Mutaxassis Madrid klubidan 25 yoshli fransiyalik futbolchi tayinlanganidan so‘ng uni o‘z safiga qo‘shib olishni so‘ramoqchi.

Transfermarkt portali Konateni 60 million yevroga baholaydi. Aslida esa futbolchining narxi pastroq bo‘lishi mumkin, chunki fransiyalik futbolchining "Enfild"dagi amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi.

Eslatib o‘tamiz, matbuot Konateni "PSJ" bilan ham bog‘laydi. Yana bir himoyachi Trent Aleksander-Arnold yozda "Liverpul"dan "Real"ga o‘tishi kutilayotganini qo‘shimcha qilamiz.

Kiritildi: 21:49, 01.05.2025.
O'qildi: 5186 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик