Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" Lautaro bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

"Inter" Lautaro bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -

Italiyaning "Inter" klubi o‘z hujumchisi Lautaro Martinesning ahvoli borasida rasmiy bayonot berdi. Martines Chempionlar ligasi yarim finalining "Barselona"ga qarshi birinchi o‘yinida (3:3) jarohat oldi, shu sababli u tanaffusda maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

"Bugun ertalab Martines turli testlardan o‘tdi. Argentinalik hujumchining chap sonining bukuvchi mushaklarida zo‘riqish borligi aniqlandi", - deya xabar beradi "neradzurrilar" rasmiy sayti.

Hozircha futbolchining qancha o‘tkazib yuborishi noma’lumligicha qolmoqda. "Inter" va "Barselona" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 may kuniga belgilangan.

Kiritildi: 21:22, 02.05.2025.
O'qildi: 1901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик