Kataloniyaning "Barselona" klubi yuqori maosh talablari tufayli Niko Uilyamsni "Atletik Bilbao"dan sotib olishni rejalashtirmayapti.
SPORT nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Uilyams o‘rniga "Atalanta"dan Ademola Lukmanni xarid qilish imkoniyatini o‘rganmoqda. Transfer taxminan 40-50 million yevroga amalga oshadi.
Nigeriyalik tezkor futbolchi joriy mavsumda 37 ta o‘yinda 18 ta gol urib, 7 ta assist bergan.













