Kirish Ro'yxatdan o'tish

Edegor: "Hafsalam pir bo‘ldi"

Edegor: "Hafsalam pir bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi sardori Martin Edegor jamoasining "Bornmut"ga (1:2) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.

Mikel Arteta jamoasi 67-daqiqagacha hisobda oldinda borgan bo‘lsa-da, o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi.

"Hafsalam pir bo‘ldi. O‘yinni yaxshi boshladik, gol ura oldik va vaziyatni to‘liq nazorat qilayotganimizni his qildik. Keyin "Bornmut" hisobni tenglashtirdi va biz nazoratni yo‘qotdik. Shundan so‘ng biz kerakli ritmni topa olmadik, juda tartibsiz va beparvo harakat qildik. Ikkinchi bo‘limni nomaqbul darajada o‘tkazdik," - deya Edegorning so‘zlarini keltiradi BBC.

Kiritildi: 13:46, 04.05.2025.
O'qildi: 1118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик