Kataloniyaning "Barselona" klubi xavbeki Dani Olmo "ko‘k-anorranglilar" ustozi Xans-Diter Flik haqida fikr bildirdi.
"Flik jamoaga juda yaqin. U bizga o‘z fikrlarini aytadi va har bir o‘yinchiga to‘liq ishonadi. Murabbiy o‘yin haqida aniq tasavvurga ega. Hozir jamoada hammasi joyida, shuning uchun nimanidir o‘zgartirish shart emas. Biz unga to‘liq ishonamiz," - deya ispaniyalik xavbekning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.













