Kirish Ro'yxatdan o'tish

Indzagi: "Yamalni birinchi marta ko‘rganimda jim bo‘lib qolgandim"

Indzagi: "Yamalni birinchi marta ko‘rganimda jim bo‘lib qolgandim"

Baho:
+ | -

Italiyaning "Piza" klubi bosh murabbiyi Filippo Indzagi "Barselona" futbolchisi Lamin Yamalning unda qoldirgan taassurotlari haqida gapirdi.

"Lamin Yamalni ko‘rganimda jim bo‘lib qolgandim, u Messiga o‘xshaydi", - dedi Indzagi La Gazzetta dello Sport bilan suhbatda.

Filipponing akasi Simone Indzagi boshchiligidagi Italiyaning "Inter" klubi bugun oqshom Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida kataloniyaliklar bilan kuch sinashadi. "Pippogol" ushbu uchrashuv haqida ham fikr bildirdi.

"Endi Simone ularni qanday mag‘lub etish haqida o‘ylashi kerak", - deydi u.

"Inter" - "Barselona" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi. Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan edi.

Kiritildi: 21:02, 06.05.2025.
O'qildi: 1175 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик