Angliyaning mashhur sobiq futbolchisi Jeymi Karrager Chempionlar Ligasi yarim finalida “Inter”ga qarshi o‘yinlarda “Barselona”ning yosh vingeri Lamin Yamalning harakatlarini yuqori baholadi.
Milanliklar javob uchrashuvida 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Yamal gol yoki assist qayd etmagan bo‘lsa-da, uning o‘yini yana ko‘plab ta’riflarga sazovor bo‘ldi.
“Yamal mag‘lubiyatga loyiq emas edi. Hech kim loyiq emas, lekin ayniqsa Lamin. U har ikki o‘yinda ajoyib o‘ynadi, “Barselona”ga g‘alaba olib kelishga yana bir bor yaqin keldi. Bu bola — mutlaqo superyulduz”, — dedi Karrager CBS Sports studiyasida.













