Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Hakamlar akademiyasi rasman ish boshladi

Hakamlar akademiyasi rasman ish boshladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol hakamligi tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh hakamlarning nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Hakamlar akademiyasi tashkil etildi.

Bugun "Chig‘atoy" sport bazasida O‘FA rahbariyati, tajribali instruktorlar hamda istiqbolli yosh hakamlar ishtirokida akademiyaning rasmiy ochilishi munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga akademiyaning asosiy vazifalari, o‘quv dasturlari hamda yosh hakamlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov o‘z nutqida ushbu loyiha nafaqat yurtimizda, balki mintaqada ham futbol hakamligining taraqqiyotida muhim o‘rin egallashini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, ilgari amalga oshirilmagan bu tashabbus mamlakatimiz hakamlik tizimini jahon standartlariga moslashtirishga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

"Futbol hakami har bir qoida, har bir tafsilotni mukammal bilishi, doimo o‘z ustida ishlashi zarur. Hakamlik – bu nafaqat bilim, balki fidoyilik va yuksak mas’uliyatni talab qiladigan kasb", dedi Ravshan Irmatov.

Hakamlar akademiyasi yosh mutaxassislarga xalqaro maydonlarda o‘yinlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda, ularning kasbiy rivojida muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek futbolining nufuzi va sifati oshishiga xizmat qiladi.

Yangi Akademiya nafaqat o‘quv markazi, balki yosh hakamlar uchun tajriba almashish, tahlil qilish va doimiy o‘sish uchun imkoniyat taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, akademiyadagi ta’lim jarayoni 6 ta moduldan iborat bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar orqali saralab olingan 25 nafar hakamlar 6–12 may kunlari o‘quv kursining 1-modulida ishtirok etishadi. O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan hakamlar Birinchi liga, Proliga, Superliga va OFK tasnifidagi turnirlarni boshqarish uchun tavsiya etiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:15, 07.05.2025.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик