"PSJ" himoyachisi Ashraf Hakimiy Chempionlar Ligasi 1/2 final javob o‘yinida "Arsenal"ga (2:1) qarshi kechgan bahs haqida fikr bildirdi.
"Luis Enrike kelganidan beri aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi. U fantastik jamoa tuzdi, buning uchun esa juda ko‘p mehnat qilish kerak. U o‘z ishining ustasi," - deya Hakimiyning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.













