Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Prevyu. “Navbahor” – “Xorazm”

Prevyu. “Navbahor” – “Xorazm”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 9-turi doirasida “Navbahor” o‘z maydonida Urganchning “Xorazm” klubini qabul qiladi.

Ta’kidlash joizki, urganchliklar 14 yillik tanaffusdan so‘ng, yana Superligaga qaytishdi.   

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kungacha o‘zaro 16 marta ro‘baro‘ kelishgan. O‘tkazilgan bahslarning 12 tasida vakillarimiz yutuqqa erishishgan bo‘lsa, 2 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 2 ta o‘yinda esa urganchliklar zafar quchishgan. To‘plar nisbati –  43-10, “Navbahor” foydasiga.

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda namanganliklarning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 10:0 hisobi qayd etilgan bellashuv bo‘lib, “lochinlar” 2006 yilgi mavsumda o‘z maydonlarida shu hisobda zafar quchishgan.

“Xorazm” esa hali “Navbahor”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratolmagan. 

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 38 ochkoni, urganchliklar esa 8 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Namanganda o‘tkazilgan 8 ta uchrashuvning barchasida “lochinlar” zafar quchishgan (1996 yili “Xorazm” “Dinamo” nomi ostida o‘ynagan).

“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan bahslarda urganchliklar darvozasiga 31 ta gol urib, o‘z darvozasidan 4 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Namanganda o‘tkazilgan barcha uchrashuvlar:

1996 yil
“Navbahor” – “Dinamo” – 2:0
1997 yil
“Navbahor” – “Xorazm” – 5:1
1998 yil
“Navbahor” – “Xorazm” – 3:1
1999 yil
“Navbahor” – “Xorazm” – 2:0
2000 yil
“Navbahor” – “Xorazm” – 3:1
2006 yil
“Navbahor” – “Xorazm” – 10:0
2009 yil
“Navbahor” – “Xorazm” – 2:0
2010 yil
“Navbahor” – “Xorazm” – 4:1.

Fakt: “Xorazm” Namanganda ochko ololmagan.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Xorazm” bahsi 11 may kuni Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionida soat 18:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:05, 08.05.2025.
O'qildi: 835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик