Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pellegrini: “G‘alabaga to‘liq loyiq edik”

Pellegrini: “G‘alabaga to‘liq loyiq edik”

Baho:
+ | -

Yevropa Konferensiyalar Ligasi yarim final javob uchrashuvida “Fiorentina” o‘z uyida “Betis”ni mag‘lub etishni uddalay olmadi. Ispaniyaliklar qo‘shimcha vaqtda hisobni tenglashtirib, o‘z tarixlarida ilk bor yevrokubok finaliga yo‘l oldi.

Uchrashuvdan so‘ng “Betis” bosh murabbiyi Manuel Pellegrini o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Biz butun o‘yin davomida to‘liq nazoratni saqladik. Yana bir necha bor gol urish imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Raqibning hisobni tenglashtirishi esa mutlaqo mantiqqa to‘g‘ri kelmadi — ular juda kam holatlarda darvozamizga yaqinlashishdi. Shu bois, o‘yin qo‘shimcha vaqtga o‘tib ketgani men uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Shunga qaramay, natijadan mamnunman”, — deb Pellegrinining so‘zlarini fiorentinanews.com keltirmoqda.

Kiritildi: 07:40, 09.05.2025.
O'qildi: 646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик