Madridning “Atletiko” klubi argentinalik himoyachisi Nauel Molina yozgi transfer oynasida “matraschilar”ni tark etishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.
27 yoshli futbolchi avvalroq “Udineze”da o‘ynagan Italiya chempionatiga qaytishi mumkin. Molinaning transferiga Turinning "Yuventus" klubi qiziqmoqda. Argentinalik futbolchining shartnomasi 2027 yilning iyuni oxirigacha mo‘ljallangan.
La Liganing joriy mavsumida Nauel 26 o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













