Kirish Ro'yxatdan o'tish

Frimpongning 35 million yevrolik tovon puli butun yoz davomida amalda bo‘ladi

Frimpongning 35 million yevrolik tovon puli butun yoz davomida amalda bo‘ladi

Baho:
+ | -

“Bayer Leverkuzen” himoyachisi Jeremi Frimpongning shartnomasidagi 35 million yevrolik tovon puli bandi 2025 yil yozgi transfer oynasi davomida faol bo‘lib, u istalgan paytda ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Frimpongning ushbu bandi “Liverpul” va “Manchester Yunayted” kabi klublarning qiziqishini oshirmoqda. Ayniqsa, “Liverpul” uni Trent Aleksandr-Arnoldning o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rmoqda.

Transfermarkt ma’lumotlari:

Bozor qiymati: 50 million yevro

Shartnoma muddati: 2028 yil 30 iyungacha

Joriy mavsum statistikasi (barcha musobaqalarda):

O‘yinlar: 47

Gollar: 4

Golli uzatmalar: 12

Frimpong 2021 yilda “Seltik”dan “Bayer”ga o‘tgan.

Kiritildi: 11:09, 09.05.2025.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик