Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis “Manchester Yunayted”ning Yevropa ligasi finaliga chiqqaniga munosabat bildirdi.
"Manchester Yunayted"ning g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq. Men yaxshi o‘yin kutaman va "Yunayted"ga muxlislik qilaman", - dedi mutaxassis.
21-may kuni Bilbaodagi stadionda Angliyaning “Manchester Yunayted” hamda “Tottenxem” klublari o‘rtasidagi Yevropa Ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.













