"Nyukasl" rahbariyati markaziy hujum chizig‘ida Aleksandr Isakka yordam berishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan birini sotib olishi mumkin.
Mail Sport xabariga ko‘ra, "qarg‘alar" short-listiga Mateus Kunya ("Vulverxempton"), Liam Delap ("Ipsvich") va Brayan Mbeumo ("Brentford") kiritilgan.
Yuqoridagi uch futbolchi uchun "Manchester Yunayted" ham kurash olib boradi.













