Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

A seriya. «Milan» «Bolonya» ustidan irodali g‘alabaga erishdi (videosharh)

A seriya. «Milan» «Bolonya» ustidan irodali g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 36-turidan o‘rin olgan "Milan" — "Bolonya" o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi. "San-Siro (Juzeppe Meassa)" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda maydon egalari irodali tarzda 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

49-daqiqada "Bolonya" yarim himoyachisi Rikkardo Orsolini jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 73-daqiqada "Milan"ning zaxiradan maydonga tushgan hujumchisi Santyago Ximenes, Kristian Pulishichning uzatmasidan so‘ng, hisobni tenglashtirdi. 79-daqiqada esa Pulishichning o‘zi g‘alaba golini urdi. 90+2-daqiqada Samu Chukveze uzatmasidan so‘ng Ximenes dublini rasmiylashtirdi va jamoasining ustunligini mustahkamladi.

"Bolonya" A Seriya jadvalida 36 ta uchrashuvdan so‘ng 62 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda. "Milan" esa 60 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan. Besh kundan so‘ng, 14 may, chorshanba kuni jamoalar Italiya Kubogi finalida yana o‘zaro to‘qnash kelishadi. Bellashuv Rimdagi "Olimpiko" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Italiya — A Seriya. 36-tur
2025 yil 9 may, juma.
Milan - Bolonya - 3:1
Gollar: 0:1 — Orsolini, 49'; 1:1 — Ximenes, 73'; 2:1 — Pulishich, 79'; 3:1 — Ximenes, 90+2'

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:47, 10.05.2025.
O'qildi: 1359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик