Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Roma" sardori uchun mavsum yakunlandi

"Roma" sardori uchun mavsum yakunlandi

Baho:
+ | -

Lorenso Pellegrini sonidan olgan jarohati tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqdi.

"Roma" sardori mashg‘ulot paytida mushaklaridan jarohat oldi. Yarim himoyachining tekshiruv natijalari o‘ng son kvadrisepsining shikastlanganini ko‘rsatdi.

Endi taxminan ikki oyni o‘tkazib yuborish xavfi ostida bo‘lgan futbolchi konservativ davolanish va operasiya o‘rtasida tanlov qilishi kerak bo‘ladi.

Il Messaggero nashri futbolchining jarohati uning jamoadagi kelajagiga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Pellegrinining shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan va o‘tgan yili tomonlar uni uzaytirish masalasini muhokama qilmagan.

Yanvar oyida "Jallorossi" futbolchisiga "Inter" va "Napoli" qiziqish bildirgandi, ammo olingan jarohat ehtimoliy transfer bilan bog‘liq vaziyatni murakkablashtirmoqda.

Bu mavsumda Lorenso A Seriyada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 07:42, 10.05.2025.
O'qildi: 888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик