"Atletiko" 2025/26 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Diyego Simeone jamoasi La Liganing 35-turida "Sosyedad"ni yirik hisobda mag‘lub etdi (4:0) va kuchli beshlikka kirishni kafolatladi.
Madridliklar ketma-ket 13-mavsum ECHLda o‘ynaydi. Ular oxirgi marta 2012/13 yilgi mavsumda turnirni o‘tkazib yuborgan.
2024/25 yilgi YECHLda "Atletiko" 1/8 finalga chiqdi va "Real"ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.













