Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Bavariya" rahbariyatining shaxsan o‘zi bu transfer bo‘yicha ishga kirishdi

"Bavariya" rahbariyatining shaxsan o‘zi bu transfer bo‘yicha ishga kirishdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" Bundesliganing eng yaxshi himoyachilaridan biri - Jonatan Ta transferi yo‘lida navbatdagi qadamni tashladi. Insayder Florian Plettenbergning yozishicha, myunxenliklar rahbariyati yozgi transferlar oynasida ustuvor maqsad sifatida qaralayotgan futbolchining atrofidagilar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Myunxenliklar yetakchisi Vensan Kompani, shuningdek, sport direktorlari Maks Eberl va Kristof Froynd 29 yoshli futbolchini mudofaa markazini mustahkamlash uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda.

Shuningdek, Jonatan Taga "Barselona" va Madridning "Real" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi bilan kelishuvga erishgan, ammo moliyaviy feyr-pley tufayli transferni rasmiylashtira olmayapti. "Real"ga o‘tishi mumkinligi aytilayotgan Xabi Alonso esa shogirdini Madridda ko‘rishni istamoqda.

"Bavariya" raqiblarini ortda qoldira olishiga ishonmoqda. Tomonlar uzoq muddatli kelishuvni muhokama qilishmoqda.

Kiritildi: 13:21, 11.05.2025.
O'qildi: 939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик