Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Afg‘onistonda shaxmat rasman taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat rasman taqiqlandi

Baho:
+ | -

Afg‘oniston hukumati mamlakatda shaxmat sport turini rasman taqiqladi. “Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federasiyasini yopishga qaror qildi. Bu haqda “Sports.ru” nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur farmonni Afg‘oniston amiri shaxsan imzolagan, tashabbus esa Ezgu ishlarni targ‘ib qilish va yovuzlikning oldini olish vazirligi tomonidan ilgari surilgan.

9 may kuni afg‘onistonlik shaxmatchilar mamlakatdagi Sport va jismoniy tarbiya bo‘yicha departamentga murojaat qilib, shaxmat o‘ynashga ruxsat berishni, shuningdek, to‘garaklar va musobaqalar tashkil etish uchun moliyaviy yordam ajratishni so‘rashdi. Biroq “Tolibon” hokimiyati tomonidan tuzilgan departament vakillari bu sport turi amir farmoni bilan “harom” deb topilgani va Afg‘oniston shaxmat federasiyasi faoliyati butunlay to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Afg‘oniston shaxmat federasiyasi “Tolibon” hokimiyatga qayta kelganidan keyin ham faoliyat olib borayotgan edi. Federasiya nafaqat erkaklar, balki ayollarni ham o‘qitib kelayotgan, shuningdek, mamlakat bo‘ylab turli musobaqalar tashkil etayotgan edi.

Bugungi kunda dunyoning aksariyat davlatlarida shaxmat intellektual sport turi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa-da, “Tolibon” boshqaruvidagi Afg‘onistonda bu o‘yin qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Ta’kidlash kerakki, bu Afg‘onistonda shaxmat ilk bor taqiqlanishi emas. 1996–2001 yillardagi avvalgi “Tolibon” boshqaruvi davrida ham nafaqat shaxmat, balki boshqa ko‘ngilochar mashg‘ulotlar – musiqa, televideniye va internet ham taqiqlangandi. O‘sha paytda bu faoliyatlar diniy majburiyatlardan chalg‘itadi va qimorbozlikni rivojlantiradi, deb hisoblangan.

Avvalroq asli afg‘onistonlik bo‘lgan UFC jangchisi Ahmad Hasanzoda jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, qamoqqa olingani haqida xabar tarqalgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:14, 11.05.2025.
O'qildi: 888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.