Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tibo Kurtua «Real» bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Tibo Kurtua «Real» bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» jamoasi darvozaboni, belgiyalik Tibo Kurtua «qaymoqranglilar» bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga yaqin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoq "X" orqali xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Kurtua va ispaniyalik klub 2027 yilgacha shartnomani uzaytirish arafasida turibdi. Hozirgi shartnoma 2026 yil 30 iyunigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda Kurtua «Real» safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 50 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 ta o‘yinni «quruq» yakunladi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

34 ta o‘yindan so‘ng «Real» La Liga jadvalida 75 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 35-turda Karlo Anchelotti shogirdlari Kataloniyaning «Barselona» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv yakshanba, 11 may kuni, Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 16:00, 11.05.2025.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик