Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Chempionlar ligasi yoki Yevropa ligasi: UYEFA «Chelsi»ga tanlov imkoniyatini berishi mumkin

Chempionlar ligasi yoki Yevropa ligasi: UYEFA «Chelsi»ga tanlov imkoniyatini berishi mumkin

Baho:
+3 | -

«Chelsi» kelasi mavsumda Yevropaning qaysi musobaqasida ishtirok etishni tanlash huquqini qo‘lga kiritishi mumkin, deb xabar bermoqda ESPN.

Agar londonliklar Angliya Premyer-ligasida Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini beradigan o‘rinni egallab, shu bilan birga Konferensiyalar Ligasi finalida «Betis»ni mag‘lub etsa, UYEFA klubga tanlash huquqini beradi. Chunki Konferensiyalar Ligasidagi g‘alaba jamoaga kelasi mavsum Yevropa Ligasida ishtirok etish kafolatini beradi. Bunday holatda, «Chelsi» kelasi mavsumda Chempionlar Ligasi yoki Yevropa Ligasi o‘rtasida tanlov qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qayd etilishicha, bu qoida avvalroq reytingda past o‘rinlarda turgan chempionatlar jamoalari uchun joriy etilgan. Ular Konferensiyalar Ligasida g‘alaba qozonib, mahalliy chempionatda ham g‘olib chiqishlari mumkin. Agar bunday klub Chempionlar Ligasi saralashidan o‘tish qiyin deb hisoblasa, Konferensiyalar Ligasidagi g‘alaba orqali Yevropa Ligasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olishi mumkin.

Chempionlar Ligasiga chiqish uchun «Chelsi» Premyer-ligada birinchi beshlikka kirishi lozim. Chempionat nihoyasiga ikki tur qolgan paytda, «ko‘klar» beshinchi o‘rinda borishmoqda va bu borada «Aston Villa»ni qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobidan ortda qoldirishmoqda.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 16:41, 13.05.2025.
O'qildi: 6170 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик