Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Rasman: Maksim Shaskix - "Andijon" bosh murabbiyi!

Rasman: Maksim Shaskix - "Andijon" bosh murabbiyi!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Andijon" klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan Aleksandr Xomyakov iste’foga chiqqach, uning o‘rniga munosib nomzod topish ustuvor vazifaga aylangandi.

Klub matbuot xizmati "Andijon" futbol klubi bosh murabbiyligiga o‘zbek futboli afsonalaridan biri - Maksim Shaskix tayinlanganini e’lon qildi. Olib borilgan muzokalar ijobiy yakun topdi va tomonlar kelishuvga erishishdi.

Maksim Aleksandrovich Shaskix
1978 yilning 30 avgust kuni Toshkentda tavallud topgan. Muxlislar uni futbolchi sifatida "Dinamo" Kiyevdagi yorqin faoliyati orqali juda yaxshi eslashadi.

Maksim Aleksandrovich bunga qadar "Paxtakor" klubi bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borib, ushbu jamoani ikki marta O‘zbekiston chempionligaga yetaklab keldi. Shu kunga qadar esa u "Paxtakor" klubi raisi maslahatchisi sifatida ishlab keldi.

Shaskix murabbiylik faoliyatini 2016 yili boshlagan va dastlab "Dinamo" Kiyev U17, so‘ngra U19 jamoalarida ishladi.

2017 yilning iyun oyidan 2019 yilning avgustiga qadar "Dinamo" Kiyev jamoasida bosh murabbiy Aleksandr Xaskevich bilan birga samarali faoliyat olib bordi. 

2019 yilning dekabr oyidan to 2021 yilning martigacha Rossiyaning "Rotor" (Volgograd) jamoasida yana Xaskevich bilan murabbiylar shtabida mehnat qildi.

2022 yilning yozidan Maksim Aleksandrovichning "Paxtakor"dagi hayoti boshlandi. Avvaliga sport direktori, keyin esa bosh murabbiy sifatidagi yorqin faoliyati bilan yodda qoldi.

Pro lisenziyasiga ega bo‘lgan Maksim Aleksandrovich 14 may kunidan "Andijon" jamoasini qabul qilib oladi va uning "Burgutlar" bosh murabbiyi sifatidagi debyut uchrashuvi 17 may kuni safarda "Sho‘rtan"ga qarshi uchrashuvga to‘g‘ri keladi.

"Umid qilamizki, Maksim Shatskixning "Andijon"dagi faoliyati yorqin sahifalarga boy bo‘ladi.

Xush kelibsan, Maksim Aleksandrovich!", - deyiladi klub bayonotida.

Kiritildi: 21:35, 13.05.2025.
O'qildi: 1614 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик