Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Fransiyalik shaxmatchi bilan durangga erishgan Abdusattorov Polsha vakili bilan kuch sinashadi

Fransiyalik shaxmatchi bilan durangga erishgan Abdusattorov Polsha vakili bilan kuch sinashadi

Baho:
+ | -

Bugun, 14 may kuni Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida davom etayotgan “Superbet Chess ClassicRomania-2025” turnirining 7-turida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov polshalik Yan-Krishtof Duda bilan kuch sinashadi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollaridan iborat xalqaro turnirning kecha o‘tkazilgan 6-turida Nodirbek fransiyalik Maksim VashYE-Lagravga qarshi qora donalarda harakatlandi.

Uchrashuvning ilk dona surishlaridanoq turnirda yetakchilar qatorida borayotgan Fransiya vakili 6-yurish holatidan durangga “rozi” ekanligini ko‘rsatdi va tomonlar 0,5 ochkodan bo‘lishib olishdi.

Mazkur turda o‘tkazilgan 5 ta “duel”ning 4 tasida murosa yo‘li tanlangan bo‘lsa, faqat oq donalarda Alireza Firuzdja va jahon chempioni Gukesh Dommaradju qarama-qarshiligidagi bahsda fransiyalik shaxmatchi ustunlikka ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 9 ta turdan iborat xalqaro turnirda g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 100 ming, shuningdek bahslarda dona surayotgan qolgan 9 nafar shaxmatchi egallagan qatoridan kelib chiqib, belgilangan mukofot pullari bilan taqdirlanadi.

Turnir 16 maygacha davom etadi.

Kiritildi: 16:03, 14.05.2025.
O'qildi: 533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик