Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Kurtua - La Liga haqida: "Real" emblemasi oxirigacha kurashish majburiyatini yuklaydi. "Barselona" bilan farq katta, ammo ishonamiz"

Kurtua - La Liga haqida: "Real" emblemasi oxirigacha kurashish majburiyatini yuklaydi. "Barselona" bilan farq katta, ammo ishonamiz"

Baho:
+ | -

Tibo Kurtua La Ligadagi "Malyorka"ga qarshi o‘yin (2:1) yakunlari haqida gapirdi.

"Birinchi taym xuddi mavsumimizdek bo‘ldi: bizga ajoyib gol urishdi, holbuki vaziyatlar kam edi, Leo Romanning ajoyib o‘yini tufayli qiynaldik, to‘p darvozaga kirmay qolganda esa...

Ammo oxir-oqibat hisobni tenglashtirdik va g‘alabani qo‘lga kiritishga qodir ekanligimizni bilardik. Ularning yakkama-yakka chiqish imkoniyati bo‘ldi, lekin men jamoani saqlab qoldim.

Biz - bu biz, oxirigacha kurashaveramiz. Ko‘plab jarohatlarimiz bo‘ldi, 90 daqiqa o‘ynashimiz kerak edi - bu oson emas, biroq ishonishda davom etdik.

Klub belgisi bizni oxirigacha kurashishga undaydi. "Barselona"dan ochkolar farqi katta bo‘lsa-da, g‘alaba qozonish matematik jihatdan imkonsiz bo‘lmaguncha ishonishda davom etamiz," - dedi "Real" darvozaboni klub televideniyesi efirida.

Kiritildi: 04:28, 15.05.2025.
O'qildi: 774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик