Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Real" "Liverpul"dan Trentni tekinga qo‘yib yuborishini so‘radi

"Real" "Liverpul"dan Trentni tekinga qo‘yib yuborishini so‘radi

Baho:
+ | -

"Real" Trent Aleksandr-Arnoldni tekinga qo‘lga kiritmoqchi.

Avvalroq, "Liverpul" himoyachisi joriy mavsum yakunida klubni tark etishini ma’lum qilgandi. U "Real"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Madridliklar 26 yoshli futbolchini klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘ynatmoqchi - agar inglizlar Trent bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilsa, buning iloji bo‘ladi. "Qizillar" buning uchun tovon puli talab qilishi aytilgandi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, "Real" "Liverpul"dan futbolchini tekinga qo‘yib yuborishni so‘ragan. Avvalroq, ispan OAVlari "qaymoqranglilar" 500-850 ming funt to‘lashga tayyorligi haqida yozgandi, biroq aslida bu xarajatlar klub strategiyasiga kirmaydi.

Kiritildi: 04:54, 15.05.2025.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик