Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar e’lon qilindi

APLda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar e’lon qilindi

Baho:
+ | -

APL mavsumining eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovriniga da’vogarlar aniqlandi.

Mukofot sohibi muxlislar va ekspertlarning ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Muxlislar 19 maygacha ovoz berishlari mumkin.

Sovringa 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar da’vogarlik qilishlari mumkin. Nomzodlar ro‘yxati quyidagicha:

Liem Delap ("Ipsvich") - 35 o‘yin, 4 g‘alaba, 10 durang, 21 mag‘lubiyat, 12 gol, 2 assist;

Entoni Elanga ("Nottingem Forest") - 36 o‘yin, 18 g‘alaba, 8 durang, 10 mag‘lubiyat, 6 gol, 10 assist;

Rayan Gravenberx ("Liverpul") - 35 o‘yin, 25 g‘alaba, 8 durang, 2 mag‘lubiyat, 4 assist;

Din Xeysen ("Bornmut") - 30 o‘yin, 12 g‘alaba, 9 durang, 9 mag‘lubiyat, 3 gol, 1 assist, 7 quruq o‘yin;

Koul Palmer ("Chelsi") - 35 o‘yin, 18 g‘alaba, 9 durang, 8 mag‘lubiyat, 15 gol, 8 assist;

Joao Pedro Jezus ("Brayton") - 27 o‘yin, 10 g‘alaba, 10 durang, 7 mag‘lubiyat, 10 gol, 6 assist;

Morgan Rojers ("Aston Villa") - 35 o‘yin, 17 g‘alaba, 9 durang, 9 mag‘lubiyat, 8 gol, 9 assist;

Vilyam Saliba ("Arsenal") - 34 o‘yin, 18 g‘alaba, 12 durang, 4 mag‘lubiyat, 2 gol, 12 quruq o‘yin.

Kiritildi: 18:17, 15.05.2025.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик