Xans-Diter Flik klubdagi birinchi mavsumida "Barselona" bilan uchta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Germaniyalik mutaxassis jamoani La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, Flik 2019-2021 yillarda boshqargan "Bavariya"dagi ikki mavsumda 7 ta sovrinni qo‘lga kiritgan: ikki marta Germaniya chempionati, bir martadan mamlakat kubogi va superkubogi, Chempionlar ligasi, UYEFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. U klub bilan trebl qildi.
Flik, shuningdek, Germaniya terma jamoasida Yoaxim Levning yordamchisi sifatida 2014 yilgi FIFA Jahon chempionatida g‘olib chiqdi.













