Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yamal La Ligada chempionlik bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi

Yamal La Ligada chempionlik bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning 17 yoshli futbolchisi Lamin Yamal La Liga chempionligi bo‘yicha "Real" afsonasi Krishtianu Ronalduni quvib yetdi.

Ispaniyalik vinger payshanba oqshomida "Espanyol"ga qarshi kechgan derbida (2:0) jamoasiga muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishga yordam berdi. Shunday qilib, Yamal faoliyatida ikkinchi marta La Liga g‘olibiga aylandi - birinchi g‘alaba 2022/23 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi, o‘shanda vunderkind birinchi jamoa o‘yinlariga endigina qo‘yila boshlangan edi. Buyuk Krishtianu Ronaldu ham "Real"dagi faoliyati davomida ikkita chempionlikni qo‘lga kiritgan (2011/12 va 2016/17).

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009-2018 yillarda "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan. Portugaliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi, shuningdek, ular bilan Chempionlar ligasida to‘rt marta g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 04:20, 16.05.2025.
O'qildi: 3905 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик