Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter - Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer - Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl - Qorabog‘

Jafar Irismetov Gruziyada «Dinamo Tbilisi» akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

Jafar Irismetov Gruziyada «Dinamo Tbilisi» akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

Baho:
+ | -

«Neftchi» bosh menejeri Jafar Irismetov ayni paytda xizmat safari bilan Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib turibdi.

Jafar Irismetovning ushbu xizmat safaridan ko‘zlangan maqsad Gruziyada bolalar futbolining qay darajada yo‘lga qo‘yilgani, Yevropada bu borada o‘z o‘rnini topib borayotgan gruzin futboli, xususan klub akademiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va kelajakda Farg‘onada barpo etilajak «Neftchi» futbol akademiyasida ushbu tajribalardan va infratuzilmalardan qo‘llanma olish. Kecha klub bosh menejeri Jafar Irismetov Tbilisidagi gruzin futboli bayroqdori bo‘lgan «Dinamo Tbilisi» futbol akamediyasida bo‘ldi va u yerda akademiya direktori Levan Gvanseladze bilan uchrashdi.

Shuningdek, ushbu yildan e’tiboran PFL bilan hamkorlik doirasida ish boshlagan Tbilisidagi eng katta shourum hisoblangan «Macron Tbilisi Hub» faoliyati bilan ham tanishib, kelasi mavsum uchun sport ekipirovkalarini ko‘rish, muzokara o‘tkazib, bu borada klub uchun eng ma’qul variantlarni o‘rganib chiqish ko‘zda tutilgan.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 10:26, 16.05.2025.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.