"Liverpul" asosiy tarkib himoyachisi Ibraima Konate bilan kelasi yil yozda yakunlanadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmayapti.
Sun Sport xabariga ko‘ra, "qizillar" 25 yoshli fransuzning kelajagi Trent Aleksandr-Arnoldning taqdiriga qarab ketayotganidan juda xavotirda.
"Real Madrid" fransiyalik futbolchini tekinga o‘z tarkibiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.













