Londonning "Tottenxem" klubi Yevropa ligasi finalida 21 may kuni "Manchester Yunayted" bilan to‘qnash keladi.
Agarda bu bahsda "shporlar" muvaffaqiyatga erishib, Yevropa ligasi kubogini olsa, klub 59 yoshli avstraliyalik mutaxassisga 2 million funt bonus to‘lashi kutilmoqda.
Postekoglu 2023 yildan buyon "Tottenxem"da ishlamoqda. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.













