Kirish Ro'yxatdan o'tish

Emiliano Martines klubini o‘zgartiradi

Emiliano Martines klubini o‘zgartiradi

Baho:
+ | -

Argentinalik darvozabon Emiliano Martines joriy mavsum yakunlangach, Birmengemning "Aston Villa" klubini tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Gaston Edu xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli darvozabon yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartiradi. Emilianoga Yevropa klublari, shuningdek, Saudiya Arabistoni chempionatidan takliflar bor. Darvozabonning o‘zi hozircha Yaqin Sharqqa ketishni rejalashtirmayapti. U 2026 yilgi jahon chempionatigacha yaxshi formada bo‘lish uchun eng yuqori darajada o‘ynamoqchi.

Martines joriy mavsum "Aston Villa" safida 52 ta o‘yin o‘tkazib, 61 ta to‘p o‘tkazib yubordi. 15 uchrashuvda darvozabon o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Kiritildi: 13:11, 17.05.2025.
O'qildi: 1208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик