Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Superliga. OKMK - «Neftchi». Prevyu

Superliga. OKMK - «Neftchi». Prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 10-tur bahsida Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi turnir jadvalida 22 ochko bilan karvonboshilik qilib kelayotgan Olmaliqning OKMK klubi mehmoni bo‘ladi. Bu bahs Superligada 10-turni yakunlab beruvchi, turnir yakka peshqadamini aniqlovchi muhim va maftunkor bellashuv bo‘ladi.

OKMK haqida
OKMK futbol klubi 2004 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshida tashkil etilgan. Ushbu klub 2008 yildan boshlab O‘zbekiston chempionatining Oliy divizionida ishtirok etib kelmoqda. O‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlasak, OKMK bilan "Neftchi" futbol klubi milliy chempionatimiz doirasida jami 30 marta raqobatlashgan bo‘lib, mazkur bellashuvlarda 8 marta OKMK, 14 tasida esa "Neftchi" ustunlik qilgan. 8 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. Umumiy to‘plar nisbati 39-51, farg‘onaliklar foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda OKMKning eng yirik g‘alabasi 3:0, "Neftchi"ning eng yirik g‘alabasi 4:0 bilan yakun topgan.

Olmaliqda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha:

28.10.2024. OKMK - "Neftchi" 1:2
26.08.2023. OKMK - "Neftchi" 1:1
27.05.2022. OKMK - "Neftchi" 3:1
15.09.2018. OKMK - "Neftchi" 0:1
30.09.2017. OKMK - "Neftchi" 1:2

Eslatib o‘tamiz, 19 may dushanba kuni Olmaliqda kechadigan OKMK - "Neftchi" uchrashuvini Timur To‘xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv soat 20:00 da boshlanadi.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 10:11, 19.05.2025.
O'qildi: 643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.