Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Lyakazettning uyini o‘g‘ri urib ketdi

Lyakazettning uyini o‘g‘ri urib ketdi

Baho:
+ | -

Asosiy Liga 1ning 34-turidan o‘rin olgan "Lion" - "Anje" (2:0) uchrashuvida noxush hodisa yuzaga keldi.

"Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett maydonda jamoasiga yordam berayotgan bir paytda uning uyini o‘g‘rilar urib ketdi. Le Progrès nashri xabariga ko‘ra, uchrashuv boshlanganidan taxminan yarim soat o‘tib futbolchining uyiga ikki noma’lum shaxs kirgan. O‘g‘rilar seyfga bostirib kirib, qimmatbaho buyumlar: zargarlik buyumlari, qimmatbaho charm aksessuarlar va naqd pullarni o‘g‘irlab ketishgan. Umumiy zarar 10 ming yevrodan oshiqroq deb baholanmoqda. Polisiya allaqachon tergov boshlagan. Qaroqchilar Lyakazettning stadionda bo‘lganini bilishganmi yoki yo‘qmi hozircha noma’lum, ammo vaqt ba’zi shubhalarni keltirib chiqarmoqda.

Aleksandr Lyakazett "Lion" tarbiyalanuvchisi sanaladi. 2017 yilda u Londonning "Arsenal" klubiga o‘tdi va u yerda besh mavsum o‘tkazdi, shundan so‘ng fransuz klubiga qaytdi.

Kiritildi: 11:12, 19.05.2025.
O'qildi: 529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.