"Manchester Yunayted" Rodrigoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Real" vingeri jamoaning navbatdagi bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan o‘z pozisiyasini muhokama qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Suhbat yakuniga ko‘ra, u klubini o‘zgartirishga qaror qilishi mumkin.
AS nashrining ta’kidlashicha, APL klublari braziliyalik futbolchi uchun kurashmoqchi. "Manchester Yunayted" va "Arsenal" uning transferi bo‘yicha taklif berishga tayyor.













