"Vilyarreal" "Barselona"ning La Ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.
Xansi Flik jamoasi 37-turda o‘z maydonida 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ushbu kungacha "blaugrana" so‘nggi bor 2024 yil 21 dekabrda chempionatda mag‘lub bo‘lgan, shundan beri u 15 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etgan.
So‘nggi turda "Barselona" "Atletik" mehmoni bo‘ladi - bu 25 may kuni sodir bo‘ladi.













